10:54 / 28.10.2019
0
3158
Yashnoboddagi ko‘p qavatli uyning tomida yong‘in sodir bo‘ldi
Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati

Joriy yilning 27 oktabr kuni soat 13:46da Toshkent shahrining Yashnobod tumani Aviasozlar 3-dahasidagi ko‘p qavatli 38-uyning tomida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida yong‘in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotida aytilishicha, sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etishga 6 ta yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Ko‘rsatilgan manzilga bo‘linmalar 5 daqiqada yetib borgan. 

Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 14:06da o‘rab olingan va soat 14:20da bartaraf etilib, yong‘indan uyning 250 kv. metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar qayd etilmagan. Yong‘in oqibatida ko‘p qavatli uyning 70 kv. metr maydonda tom bo‘g‘ot qismlari yonib zararlangan. 

Yong‘inning taxminiy sababi tomda olovli-ta'mirlash ishlarini olib borilishida yong‘in xavfsizligi qoidalari buzilishidan. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top