23:46 / 29.10.2019
0
5820

Bayrut markazida namoyishchilar bosh vazir iste'fosini bayram qilishmoqda

Livanda WhatsApp kabi ilovalardan foydalanganlik uchun hamda tamaki mahsulotlariga soliq joriy etilishi e'lon qilinganidan so‘ng mamlakatda hukumatga qarshi namoyishlar boshlanib ketgandi. Shuningdek, 2022 yilda QQS 15 foizga oshirilishi rejalashtirilgandi.

Bayrut markazida minglab namoyishchilar Livan bosh vaziri Saad Haririyning iste'fosini bayram bilan nishonlashmoqda.

Xabar qilinishicha, Livan poytaxti markazidagi maydonlarga namoyishchilar kelishi davom etmoqda. Odamlar bir-birini bosh vazir iste'fosi bilan tabriklamoqda.  

Avvalroq bosh vazir Saad Haririy xalqqa telemurojaat qilib o‘z iste'fosi va hukumatning tarqatilganini e'lon qilgandi.

Livanda vazirlar mahkamasi WhatsApp kabi internet orqali suhbatlashish imkonini beruvchi ilovalardan foydalanganlik uchun hamda tamaki mahsulotlariga soliq joriy etishni ma'qullaganidan so‘ng mamlakatda hukumatga qarshi namoyishlar boshlanib ketgandi. Shuningdek, 2022 yilda QQS 15 foizga oshirilishi rejalashtirilgandi. 18 oktyabrda Livan aloqa vaziri "WhatsApp solig‘i" bekor qilinganligini e'lon qildi, ammo namoyishlar to‘xtamadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top