15:05 / 29.10.2019
1
15483

Epsilon: «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda hisoblangan zaxiralari 10 mln. tn. neft va 7 mlrd. kub.m. gazga teng bo‘lgan yangi Eshonquduq koni ochildi

Qidiruv qudug‘idan 30-40 tn. gacha neft va 50 ming kub.m. gacha gaz bo‘lgan kunlik hajmda uglevodorodlar oqimi olindi.

27 oktabr 2019 y. kompaniya «O‘zbekneftgaz» AJ bilan hamkorlikda Qashqadaryo viloyati, Qo‘ltak-Qamashi blokida joylashgan Eshonquduq tuzilmasining 3-sonli qudug‘ida GRP amaliyotini qo‘llagan holda to‘liq ta'mirlash ishlarini yakunladi. 29 oktyabrda esa yangi neft-gazkondensat koni ochilganidan dalolat beruvchi uglevodorodlarning sanoat oqimi olindi.

Avvalroq Eshonquduq tuzilmasida «O‘zbekneftgaz» AJ tomonidan uchta qidiruv-izlov qudug‘ida burg‘ilash ishlari olib borilgan, ammo ularda uglevodorodlar oqimi mavjud bo‘lmaganligi tufayli barcha ishlar to‘xtatilgan edi.

Hududning geologik tuzilishi borasidagi hujjatlarni sinchiklab o‘rganilishi natijasida kompaniya 3-sonli quduqda GRP amaliyotini tatbiq etgan holda, yangi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab, to‘liq ta'mirlash ishlarini olib borish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Natijada, hisoblangan zaxiralari 10 mln. tn. neft va 7 mlrd. kub.m. gazga teng bo‘lgan yangi kon ochildi.

Ishlar zamonaviy uskuna, ilg‘or uslub va texnologiyalarni joriy etgan holda olib borilmoqda. Mazkur ishlar yakuniga yetgach, chor-atrofdagi hududlarda tuproqni avvalgi holiga keltirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi.

Kompaniya qilinayotgan ishlar haqida ma'lumot yetkazishda davom etadi.

Epsilon kompaniyasi Matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top