12:35 / 29.10.2019
0
14788

General-mayor Bahodir Qurbonov Ozarboyjonga jo‘nab ketdi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-mayor Bahodir Qurbonov boshchiligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a'zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarboyjonga jo‘nab ketdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, tashrif davomida O‘zbekiston va Ozarboyjon mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarboyjon Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasining loyihasi ham imzolanishi kutilmoqda.

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ga a'zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi ertaga, 30 oktabr kuni, Boku shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.

Mudofaa vazirlari kengashining bundan oldingi yig‘ilishiga O‘zbekiston mezbonlik qilgan edi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top