19:28 / 29.10.2019
0
3994

Ozarboyjon davlat neft kompaniyasi kemasida portlash sodir bo‘ldi

Kema seysmik razvedka ishlarida foydalaniladigan portlovchi modda olib ketayotgan bo‘lgan.

Ozarboyjon davlat neft kompaniyasiga (SOCAR) tegishli georazvedka kemasida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

"SOCAR geologorazvedka kemasida portlash sodir bo‘ldi, bir kishi halok bo‘ldi va uch kishi jarohatlandi", - deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, halok bo‘lgan va jarohatlanganlar kompaniya xodimlari bo‘lib, yaralanganlar shifoxonaga joylashtirilgan.

Xabarda aytilishicha, kema "seysmik razvedka ishlarida foydalaniladigan portlovchi modda" olib ketayotgan bo‘lgan.

Voqea tafsilotlarini o‘rganish uchun maxsus komissiya tuzilgan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top