21:03 / 29.10.2019
0
4724
Pokiston bosh vaziriga nisbatan chiqarilgan hukm ijrosi kechiktirildi

Navoz Sharifda yurak xuruji yuz bergan. 25 oktyabrda Loxur sudi uni 2 mln rupiy ($25000) evaziga ozod qilgan va mamlakatda yoki xorijda davolanishiga ruxsat bergandi.

Islomobod oliy sudi davolanishi zarur bo‘lgan Pokiston sobiq bosh vaziri Navoz Sharifga nisbatan chiqarilgan hukm ijrosini sakkiz haftaga to‘xtatdi. U korrupsiyada ayblanib yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Sharif o‘tgan haftada garov evaziga qamoqxonadan chiqarilgandi. 

Siyosatchida yurak xuruji yuz bergan. 25 oktyabrda Loxur sudi uni 2 mln rupiy ($25000) evaziga ozod qilgan va mamlakatda yoki xorijda davolanishiga ruxsat bergandi. 

Navoz Sharif to‘rt marta Pokiston bosh vaziri lavozimini egallagan. U 2017 yilda Pokiston oliy sudi tomonidan lavozimidan chetlashtirilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top