19:51 / 29.10.2019
0
14177
Tramp al-Bag‘dodiyning o‘rnini egallaydigan terrorchi o‘ldirilganini e'lon qildi

U al-Bag‘dodiyning o‘rnini egallashi mumkin edi.

AQSh prezidenti Donald Tramp IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning eng yaqin o‘rinbosari yo‘q qilinganini e'lon qildi.

"Hozirgina Abu Bakr al-Bag‘dodiyning birinchi raqamli o‘rinbosari amerikalik harbiylar tomonidan yo‘q qilingani tasdiqlandi. U eng yuqori lavozimni egallashi mumkin edi. Endi u ham o‘ldi!" – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

U o‘ldirilgan shaxsning ismini ma'lum qilmadi.

Tramp avvalroq Suriyadagi maxsus operatsiya natijasida Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldirilganini e'lon qilgandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top