08:16 / 30.10.2019
0
3681

Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo‘yicha respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi

Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo‘yicha tanlovning respublika bosqichi 2019 yil 29 oktabr kuni “INFOLIB UZBEKISTAN-2019” VIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovning maqsadi – jamiyatda kitob va kitobxonlikning nufuzini oshirish, kitobni ma'naviy meros sifatida asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyihalarni aniqlash va ommalashtirish.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori U.Teshaboyeva tanlov ishtirokchilarini qutladi va mazkur tanlovni o‘tkazilishiga sabab bo‘lgan omillar to‘g‘risida so‘zladi. “Davlatimiz rahbari ilgari surgan 5ta tashabbus doirasida Bo‘ka tumani markazida barpo etilgan istirohat bog‘i ochilishiga tashrif buyurgan Prezidentimiz, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib bolalarni bog‘cha yoshidan, boshlang‘ich sinflardan kichik-kichik kitoblarga o‘rgatish, shu orqali ularni kitobsevar etib ulg‘aytirish zarurligini, shundagina jamiyatimizda kitobxonlik muhiti shakllanishini ta'kidlagan edilar. Shuningdek, davlatimiz rahbari. ilmiy yondashuvlar asosida kitob o‘qish metodikasi hamda qaysi yoshda qanday asarlarni o‘qish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish zarurligini ta'kidlab o‘tdilar. Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, “Bolalar va yoshlarni o‘qishga jalb qilish uchun eng yaxshi metodik ishlanma/loyiha” bo‘yicha Respublika tanlovi e'lon qilingan edi. Hozirgi kunda qadar bizga 13ta loyiha kelib tushdi”, dedi U.Teshaboyeva.

Tanlov “Interfaol kitob” va “Foydalanuvchi bilan ishlashning interfaol shakllari” nominatsiyalari bo‘yicha o‘tkazildi. Tanlov ishtirokchilari o‘zlarining bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilishning innovatsion shakllari va usullari, axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarini hamda aholining keng qatlamlarini kitob va kitobxonlik faoliyatini rivojlantirish, bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish sohasida eng yaxshi uslubiy va innovatsion ish tajribasi bazasini shakllantirish, mutolaa va kitobga bo‘lgan doimiy qiziqishni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarini taqdim etdilar.

Hay'at xulosasiga ko‘ra, “Interfaol kitob” nominatsiyasi bo‘yicha Zulfiya Seyitniyazovaning “Interfaol o‘qish” uslubiy ishlanmasi, “Foydalanuvchi bilan ishlashning interfaol shakllari” nominatsiyasi bo‘yicha esa Venera Muratovaning “Kitobxon mahalla” loyihasi g‘olib deb topildi. Mukofot egalariga noutbuk, kitoblar to‘plami hamda pul mukofotlari topshirildi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top