08:04 / 30.10.2019
0
3614
Britaniya parlamenti muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishi uchun ovoz berdi 
Boris Jonson / Foto: REUTERS

Britaniya parlamenti quyi palatasi 12 dekabrda muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishi haqidagi qonun loyihasiga ovoz berdi.

Saylovlar o‘tkazilishi uchun 438 deputat ovoz bergan, 20 nafari qarshi chiqqan.

Britaniya bosh vaziri Boris Jonson parlamentga muddatdan avval saylovlar o‘tkazilishi tashabbusini uch marta kiritgan, biroq ular qabul qilish uchun talab etiladigan deputatlarning uchdan ikki ovozini to‘play olmagandi. Shundan keyin Jonson parlamentga tashabbusni emas, balki qabul qilinishi uchun ko‘pchilik ovoz yetarli bo‘ladigan qonun loyihasini kiritishini aytgandi.

Jonson muddatdan avvalgi saylovlar yordamida Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi bo‘yicha yangi kelishuvning ma'qullanishiga erishmoqchi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top