10:39 / 30.10.2019
0
3088
«ERIELL Group»: Uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda
Foto: ERIELL Group

«ERIELL Group» kompaniyasi burg‘ilovchilari 2019 yilning 24 oktabr kuni «2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish dasturi» doirasida Qashqadaryo viloyatida joylashgan «Dengizko‘l» konidagi 317NN-sonli yo‘nalishli quduq qurilishini yakunlashdi va kunlik gaz oqimi 150 ming m³ ni tashkil etuvchi sanoat gaz oqimini qo‘lga kiritdilar.

Bundan tashqari, Qashqadaryo viloyatida joylashgan Alan konidagi kunlik gaz oqimi 100 ming m³ bo‘lgan sanoat gaz oqimiga ega 202-quduqning qurilishi yakunlandi.

Shuni ta'kidlab o‘tish kerakki, yuqoridagi quduqlarni burg‘ilash nafaqat tuz-angidrit qatlamlarining suyuq tuzlarida (sho‘r suvda) haddan tashqari yuqori bosim tufayli, balki rezervuarning anomal past bosimi bilan ham yuzaga kelgan murakkab geologik sharoitlarda amalga oshirildi. 

Biroq «ERIELL Group» kompaniyasi burg‘ilovchilari «O‘zbekneftegaz» MXK rahbarligi ostida zimmalaridagi vazifani muvaffaqiyatli bajarib, sanoat xavfsizligi, mehnat muhofazasi va atrof-muhitni asrash bo‘yicha barcha me'yorlarga rioya qilgan holda uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirishni davom ettirishmoqda.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top