01:25 / 30.10.2019
0
5529

La Liga. «Atletiko» ochko yo‘qotdi

Ispaniya La Ligasining 11-tur o‘yinlariga start berildi.

Foto: Twitter/LaLiga

«Atletiko» mehmonda «Alaves»ga qarshi bahs yuritdi va g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Dastlab o‘yinning 70-daqiqasida Alvaro Morata madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi, 83-daqiqada esa mezbonlar Lukas Peresning goli evaziga muvozanatni tiklashdi.

Ushbu durangdan so‘ng «Atletiko» ochkolari sonini 20taga, «Alaves» esa 12taga yetkazib oldi.

La Liga, 11-tur

Alaves – Atletiko 1:1

29 oktabr, «Estadio Mendisorrosa»
Gol: Lukas Peres (83) – Morata (70).
Alaves: Pacheko, Magalyan, Laguardia, Padilya, Duarte, Vakaso (Byork, 75), Aleish Vidal, Manu Garsiya, Rioxa (Pons, 68), Lukas Peres, Xoselu (Mina, 88).
Atletiko: Oblak, Ermoso, Lodi, Aryas, Felipe, Lorente (Parti, 46), Errera (Morata, 60), Saul, Lemar, Korrea, Diyego Kosta (Koke, 70).
Ogohlantirishlar: Lorente (16), Vakaso (29), Laguardia (61), Felipe (75), Manu (89), Ermoso (89).

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top