22:46 / 30.10.2019
0
22811

Litvaning Rossiya va O‘zbekistondagi elchisi ortga chaqirtirib olinmoqda

Litvaning Rossiya va O‘zbekistondagi elchisi Remigiyus Motuzas ortga chaqirtirib olinmoqda. Bunday qarorni Litva vazirlar mahkamasi 30 oktyabrdagi yig‘ilishida qabul qildi. Yig‘ilishda Litva elchilarini lavozimidan olish va tayinlash masalalari muhokama qilingan.  

Elchini chaqirtirib olish sanasi sifatida 2020 yilning 16 yanvarini belgilash tavsiya qilingan.

Litvaning elchilari hukumat taklifi va parlamentning tashqi siyosat bo‘yicha qo‘mitasi roziligi bilan prezident tomonidan tayinlanadi va lavozimidan olinadi. Litva elchisi vakolatlari muddati uzaytirish imkoni bilan 3 yilni tashkil qiladi.

Motuzasga Litvaning Rossiyadagi elchisi sifatida ishonch yorliqlari 2015 yil boshida topshirilgan. O‘sha yilning 20 yanvarida u vazifalarini bajarishga kirishgan.

Joriy aprelda Motuzas Litvaga maslahatlashuvlar uchun chaqirtirilgandi. Unga nisbatan Litvaning Moskvadagi elchixonasi tomonidan Rossiya fuqarosi, Yangi sanoat banki egalaridan biri Rinat Nasirovga shengen vizasi berilishi jarayonining shaffofligiga shubha sababli taftish o‘tkazilgan. Litva tashqi ishlar vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv vaqtida elchi tomonidan xizmat mavqeini suiiste'mol qilish holati aniqlanmagan. May oyida u vazifalarini bajarishni davom ettirgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top