14:49 / 30.10.2019
1
4411
Tashqi savdo operatsiyalari: valuta va tovarlar kelib tushsa, jarima bo‘lmaydi

Eksport-import operatsiyalari bo‘yicha valuta nazorati to‘g‘risidagi nizomga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, qonunchilikda muddatlar belgilangan:

a) import kontraktlari bo‘yicha – tovarlarni respublikaga olib kirish va “erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga rasmiylashtirish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish yoki ular uchun to‘langan pul mablag‘larini qaytarish muddati (Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi to‘g‘risida nizomning 13-bandi);
b) eksport operatsiyalari bo‘yicha - tushum tushishi yoki tovarlarni qayta olib kirish muddati (shu yerda 14-band).
 
Agar ko‘rsatilgan muddatlar 30 (kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari uchun - 60) bank kunidan ortiq buzilgan bo‘lsa, TIF ishtirokchisidan respublika budjeti daromadiga jarima undiriladi.  Uning miqdori o‘tkazib yuborilgan umumiy muddatga bog‘liq bo‘lib, tushmagan valuta yoki o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan tovarlar (bajarilmagan ishlar, ko‘rsatilmagan xizmatlar) summasiga karrali ravishda hisoblab chiqiladi: 180 kungacha – 10 foiz, 180 kundan 365 kungacha – qo‘shimcha 20 foiz, 365 kundan ortiq – qo‘shimcha 70 foiz.
 
Biroq, yangi qoidalarga binoan mahalliy import qiluvchilar va eksport qiluvchilar jarima qo‘llanilishining oldini olish va hatto budjetga undirilgan jarimani qaytarib olish imkoniyatiga egalar. Buning uchun valuta eksport qiluvchilarga tushishi, import qiluvchilar esa tovarlarni olib kirishlari va rasmiylashtirishlari (ishlar bajarilishini va xizmatlar ko‘rsatilishini ta'minlashlari) lozim:

• jarimani qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish paytiga kelib – bu holda jarima qo‘llanilmaydi;
• sudning jarima qo‘llash to‘g‘risidagi qarorini ijro etish paytiga kelib - qo‘llanilgan jarima to‘lanmaydi;
• jarima qo‘llanilganidan keyin 90 kunlik muddat ichida - to‘langan jarima Davlat budjetidan qaytarib berilishi lozim. Qaytarish tartibini Hukumat bir oy muddatda aniqlashtiradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top