22:20 / 30.10.2019
0
63769

Toshkent metrosida bir kun ichida ikkita hodisa yuz berdi

30 oktyabrda Toshkent metrosida ikkita hodisa yuz berdi. 

Jumladan, soat 14:59da Chilonzor yo‘nalishining “Mirzo Ulug‘bek” stansiyasida texnik sabablarga (harakat tarkibning nosozligi) ko‘ra yo‘lovchilar poyezddan stansiyaga chiqarilgan. Buning oqibatida poyezdlar harakati jadvalidan chiqish 7-8 daqiqani tashkil qilgan.  

Soat 16:50da vagonda shubhali buyum topilgani sababli “Buyuk ipak yo‘li” stansiyasida harakat bekor qilingan. Jadvaldan og‘ishish 3 daqiqani tashkil qilgan.

Toshkent metropoliteni ma'muriyati yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top