23:12 / 30.10.2019
0
3501
Toshkent shahridagi Inxa universitetining bitiruvchilari ilk bor xalqaro diplomlar olishdi

Toshkent shahridagi Inxa universiteti faoliyatining 5 yilligiga bag‘ishlab, universitet bitiruvchilariga oliy ta'lim muassasasining 2018/2019 o‘quv yili diplomlarini topshirish tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi. E'tiborlisi, O‘zbekiston universitet bitiruvchilari Janubiy Koreyadan tashqarida ikkita diplom olgan birinchi davlat bo‘ldi.

Oliy ta'lim muassasasi tarixida birinchi marta talabalar ikkita diplom olishdi: Inxa universiteti (Janubiy Koreya) namunasidagi diplom va Toshkent shahridagi Inxa universiteti diplomi. Diplomlar shaxsan Inxa universiteti prezidenti Inxa Myong Vu Cho va Toshkent shahridagi Inxa universiteti rektori Muzaffar Jalolov tomonidan topshirildi.

2019 yilda universitetning “Kompyuter va dasturiy injiring” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatning 200 bitiruvchisi xalqaro diplomlar sohibiga aylandilar. Ta'kidlash muhimki, universitet bitiruvchilariga berilgan diplomlar Janubiy Koreyada beriladigan diplomlar bilan bir xil va dunyoning barcha davlatlarida ishlash va o‘qish huquqini beradi.

Toshkentdagi Inxa universiteti o‘z faoliyatini 2014 yilda boshlagan.

“Universitetda 2014 yilda bor-yo‘g‘i 115 talaba o‘qigan, bugungi kunda 5 yil o‘tib, 1548 talaba tahsil olmoqda. Joriy yilda bitiruvchilarimizning 72 foizi o‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetakchi mahalliy va xorijiy kompaniyalarga ishga joylashdi. Qolgan bitiruvchilar esa O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Shveytsariya, Fransiya, Norvegiya, Vengriya, Angliya, Chexiya va Yevropaning boshqa davlatlarida magistraturada o‘qishlarini davom ettirmoqdalar”, deb ta'kidlab o‘tgan universitet rektori Muzaffar Jalolov.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top