17:38 / 30.10.2019
0
3045
Tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Bojxona organlari tomonidan tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqarolar J.A., S.O. hamda M.Sh.lar to‘xtatilib, ularning yuklari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu shaxslarga tegishli bo‘lgan sumkalarda umumiy qiymati 51 million so‘mlik 600 dona shampun va 2402 dona gigiyenik dezodorantlar borligi aniqlandi.

Shuningdek, tadbir davomida yana bir qonunbuzarning qing‘ir qilmishi fosh etildi.

Do‘stlik tumanida harakatlanib ketayotgan, tezkor kuzatuvga olingan “Isuzi” rusumli yuk avtoulovi to‘xtatilib belgilangan tartibda xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashina yukxonasida fuqaro B.N.ga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 62,3 million so‘mlik 49 dona televizorlar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top