20:50 / 30.10.2019
0
7728

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi shisha ko‘priklar xavfsizlikka tekshirish uchun yopildi

Xitoy sharqida joylashgan Xebey provinsiyasidagi shisha ko‘priklar, piyodalar o‘tish joylari va tomosha maydonchalari xavfsizlikka tekshirish uchun yopildi. Bu haqda Xitoy OAV xabar berdi. 

Provinsiyada 32 ta shunday joy tashrif uchun yopilgan. Xitoyda oxirgi bir necha yil ichida shisha ko‘priklarda bir nechta baxsiz hodisa yuz bergan: bir necha kishi halok bo‘lgan, ko‘plab odamlar jarohat olgan.

Shishadan yasalgan bunday diqqatga sazovor joylar Xunan viloyatida 2016 yilda dunyodagi eng uzun va baland joylashgan shisha ko‘prik deb tan olingan Chjanszyatsze ko‘prigi paydo bo‘lgandan keyin ommaviylashgan. Ushbu ko‘prik 300 metr balandlikdan o‘tgan, uzunligi 430 metrni tashkil qiladi. Ushbu ko‘prik vaqti-vaqti bilan, jumladan yog‘ingarchilik vaqtida yopiladi, chunki uning shisha qoplami tashrif buyuruvchilar uchun juda xavfli va sirg‘anchiqqa aylanadi.  

Sayyohlarni bunday ko‘priklarda ayniqsa “darz ketayotgan shisha effekti” jalb qiladi. Bunda oyoq ostidagi shisha darz ketayotgandek ko‘rinib, sinayotgan shisha ovozi eshitiladi. 

Shisha ko‘priklar Xitoyning tashrif qog‘ozi hisoblanadi. Ular ko‘plab xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb qiladi. Umumiy hisobda Xitoyda 2,3 mingtaga yaqin bunday ko‘priklar bor.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top