22:21 / 31.10.2019
0
5244
AQSh vakillar palatasi Trampning impichmenti jarayoni to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi

Impichment o‘tkazish qoidalari bayon etilgan rezolyutsiya uchun palataning 232 a'zosi, rezolyutsiyaga qarshi esa 196 a'zosi ovoz berdi. 

AQSh vakillar palatasi prezident Donald Trampning impichment jarayoni rasman boshlanishi to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildi.

Bu haqda ovoz berish natijalariga ko‘ra palata spikeri Nensi Pelosi ma'lum qildi.

Impichment o‘tkazish qoidalari bayon etilgan rezolyutsiya uchun palataning 232 a'zosi, rezolyutsiyaga qarshi esa 196 a'zosi ovoz berdi. 

Palatada ko‘pchilik ovoz demokratlarga tegishli.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top