11:20 / 31.10.2019
0
7015

«ERIELL Group»: Gazli hududida yangi gaz quvuri ishga tushirildi

«2017-2021 yillarda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish dasturi» doirasida «O‘zbekneftgaz» AJ konlarini jihozlash maqsadida «ERIELL Group» kompaniyasi Gazli hududida «Doyaxotin» konidan «Uchqir» oltingugurtdan tozalash zavodigacha bo‘lgan 46,7 km masofaga cho‘zilgan 426×18 mm diametrli yangi gaz quvuri foydalanishga topshirildi.

Ushbu loyihaning maqsadi «Doyaxotin», «Mirkomilquduq», «Savatli» va «Janubiy Kulbeshkak» konlaridan «Uchqir» oltingugurtdan tozalash zavodigacha gazni yig‘ish va tashish uchun mo‘ljallangan, avariya holatidagi mavjud quvurlarni almashtirishdan iborat.

Mazkur gaz quvurining qurilishi gaz nasosining potensialini oshirishga imkon beradi va kelajakda istiqbolli konlardan gazni tashish uchun asos bo‘ladi.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top