11:06 / 31.10.2019
0
27661

O‘zbekistonda qalbaki dollar tayyorlash va uni o‘tkazish bo‘yicha yana bir holat aniqlandi

Foto: Getty Images

Qalbaki pul tayyorlash va uni o‘tkazish bo‘yicha yana bir holat aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, mahkama huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati, Urgut tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Urgut savdo kompleksining darvozasi oldida fuqaro F.B. jami 2.300 AQSh dollari miqdordagi qalbaki kupyuralarni sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning tuman bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyilgan xabarda.

Bundan oldin, Namangan shahrida qalbaki pul tayyorlash va uni o‘tkazish bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olingandi.

Departamentning Namangan shahar bo‘limi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.M. har biri 100 AQSh dollari kupyurasidagi 21 dona 2.100 AQSh dollari miqdoridagi qalbaki valuta qimmatliklarini fuqaro U.T.ga 1.000 AQSh dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top