13:30 / 31.10.2019
0
1835
«Qishloq qurilish bank» o‘quvchilar uchun ochiq eshiklar kunini tashkil qildi

31 oktabr - dunyo miqyosida Butunjahon jamg‘arish kuni sifatida belgilangan. Mazkur sana munosabati bilan bu yil O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan respublika tijorat banklari tomonidan turli tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Bugun aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank»ning mintaqaviy filiallari xodimlari qator o‘rta umumiy ta'lim maktablarida «Ochiq dars»lar o‘tkazdilar. O‘quvchilarga jamg‘arish sirlari, bankning jamg‘arish imkoniyatlari, bank faoliyatining asosiy maqsadlari va yo‘nalishlari haqida tushunchalar berildi.

Maktab o‘quvchilari ishtirokida «Mening jamg‘arish sirim» mavzusida insholar va rasmlar tanlovlari o‘tkazildi. Tanlov g‘olib va sovrindorlari bank filiallari tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bugun «Qishloq qurilish bank» filiallarida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri tashkil qilindi. Maktab o‘quvchilari filiallarga tashrif buyurishib, bank faoliyati va mijozlar bilan ishlash jarayonlari bilan tanishdilar. Ko‘rsatilayotgan zamonaviy xizmatlar va texnologiyalar yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Hozir maktablarda kamolga yetayotgan yoshlar kelajagimiz bunyodkorlaridir. Ular kelgusida, albatta, u yoki bu tijorat bankining xizmatlaridan foydalanishadi. Demakki, ular orasida «Qishloq qurilish bank»ning bo‘lg‘usi mijozlari ham kamolga yetmoqda.

O‘zaro muloqotlarda ko‘plab o‘quvchilar o‘zlarida kelajakda bank sohasi xodimi bo‘lish istagi tug‘ilganini bildirishdi.

Shu kabi jihatlari bilan Butunjahon jamg‘arish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirlar amaliy ahamiyat kasb etadi.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top