08:41 / 31.10.2019
0
3270
Toshkent shahridagi barcha tuman IIBga intellektual kameraga ega mobil markazlar topshirildi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik B. Abdullayev poytaxt tumanlaridagi IIB boshliqlariga xizmatda foydalanish uchun mini-avtobuslar (mobil markazlar) kalitlarini topshirdi.

Ushbu mobil markazlar – so‘nggi texnologiya vositalari bilan jihozlangan va katta bo‘lmagan avtobuslardir. Huquqbuzarlikning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash maqsadida 360 darajada harakatlanadigan intellektual kamera bilan jihozlangan. Ma'lumotlar bazasi tizimi bilan integratsiyalashtirilgan kameralar nazarga tushgan fuqarolarning shaxsini aniqlash “qobiliyatiga” ega. Bu qidiruvda bo‘lgan shaxslarni ko‘pchilik orasida ham aniqlashga imkon yaratadi.


   
GPS tizimi orqali tuman hududining qaysi qismida xizmat avtomobillari borligini va ularga yaqin atrofda sodir etilgan huquqbuzarliklar haqida ma'lumot berish mumkin. Bularning barchasi yuzaga chiqqan muammolar haqida xabar berish tezligini oshirib, shahrimizni yanada xavfsizroq qilishga qaratilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top