09:14 / 31.10.2019
0
16601

Xorazmdagi postda Turkmaniston fuqarosi vafot etdi

Foto: KUN.UZ

Joriy yilning 27 oktabr kuni Xorazm viloyatining Shovot tumani «Shovot» chegara bojxona postida kutilmagan holat qayd etildi. 

«Postda» nashrining yozishicha, 1940 yilda tug‘ilgan turkmanistonlik K.D. post orqali O‘zbekiston Respublikasidan Turkmaniston Respublikasiga chiqib ketayotib, birdaniga sog‘lig‘i yomonlashgan va to‘satdan vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertizasida u yurak xurujidan vafot etganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan surishtiruvni prokuratura idoralari olib bormoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top