11:57 / 01.11.2019
0
9881

9-sinf o‘quvchisi mashina olib qochdi

Foto: DPA/TASS

Andijon shahrida yashovchi O.V. mashinasini o‘g‘irlatdi. Bu haqda «Postda» nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, O.V. «Damas» avtomashinasini shaharda joylashgan tungi ko‘ngilochar maskan oldida qoldirib ketgan. Ma'lum vaqtdan keyin tashqariga chiqib, mashinasi joyida yo‘qligini ko‘rgan. U vaqtni yo‘qotmaslik uchun o‘sha zahoti ichki ishlar organiga murojaat qildi.

Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Xo‘jaobod shahar hududidan texnik soz holda topildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Xo‘jaobod tumani «Beshkaram» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi umumta'lim maktabining 9-sinfida o‘qiydigan N.D. sodir etgani aniqlanib ushlandi.

Hozir tergov harakatlari davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top