10:40 / 01.11.2019
0
6771

Bojxonachilar elektr choynakning elektr samovar ekanligini isbotlashdi

Respublikamiz bojxona xodimlari tashqi iqtisodiy faoliyat yo‘nalishidagi bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzilishi, tovarlarning kodini o‘zgartirib, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha bir qator ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabanda va bojxona qonun buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda “Sergeli” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalardan biri nomiga kelgan “Maishiy texnika” tovarlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida umumiy qiymati 90 million so‘mlik 222 dona “Elektr choynak-termopot” tovarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

 Natijada, hujjatlarda ko‘rsatilgan “Elektr choynak-termopot” tovari aslida elektr samovar tovari ekanligi ma'lum bo‘ldi. Natijada, davlat budjetiga qo‘shimcha 48,7 mln. so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi.

 Shunga o‘xshash yana bir holatda, “Toshkent tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlariga deklaratsiyalovchi shaxs A.O. va T. K.lar tomonidan taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyalarida “bir martali dush uchun qalpoqcha” va “Oq portlandsement” tovarining tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi kodi tekshirilganida, ushbu shaxslar kodni noto‘g‘ri tasniflab bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etganligi aniqlandi.

 Natijada davlat budjetiga qo‘shimcha 141,4 million so‘m bojxona to‘lovlari hisoblandi.

 Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top