13:30 / 01.11.2019
0
5068

Ekologiya qo‘mitasi chiqindilarni belgilangan joyga tashlash bo‘yicha ogohlantirish bilan chiqdi

Foto: Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati

Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash chiqindilarni kompleks boshqarish sohasidagi qonunchilik talablarining buzilishiga hamda O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 91-moddasiga muvofiq jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan Navoiy shahar markaziy ko‘chalarida chiqindilarni noqonuniy joylashtirish holatlarini aniqlash maqsadida tezkor reyd o‘tkazildi.

Reyd davomida Navoiy shahar, «Orzu» MFY hududida joylashgan Guliston dehqon bozori atrofida fuqaro N.K. tomonidan pista po‘choqlarini belgilanmagan joyga tashlayotgan payt to‘xtatilib, mazkur fuqaroga nisbatan MJTKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqining yarim barobari - 111 500 so‘m miqdorda ma'muriy jarima qo‘llanildi. 

Reyd davomida Navoiy shahri «Yangi hayot» savdo majmuasi oldida joylashgan avtomobillar turargohi hududiga sigaret tamakisi qog‘oz chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlayotgan fuqaro R.D.ga nisbatan MJTKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqining yarim barobari - 111 500 so‘m miqdorda ma'muriy jarima qo‘llanildi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top