22:57 / 01.11.2019
0
10516

Fransiya harbiy-havo kuchlari Iroqda jangarilar tunnellariga zarba berdi

Ta'kidlanishicha, operatsiyaga qadar hamda operatsiya o‘tkazilishi vaqtida hududda tinch aholi vakillari bo‘lmagan.

Fransiya harbiy-havo kuchlariga qarashli Rafale qiruvchi samolyotlari Iroq shimoli-sharqida IShID jangarilari foydalanadigan tunnellarga zarba berdi. Bu haqda Fransiya qurolli kuchlari ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, "xalqaro koalitsiyaning maqsadi terrorchilarning bir nechta yerosti yo‘llarini yo‘q qilish" bo‘lgan. 

Shuningdek, ushbu hududdagi guruhlarning moddiy-texnik va harbiy salohiyatini kuchsizlantirish mo‘ljallangan.

Ta'kidlanishicha, operatsiyaga qadar hamda operatsiya o‘tkazilishi vaqtida hududda tinch aholi vakillari bo‘lmagan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top