13:55 / 01.11.2019
0
9509
«Qo‘ng‘irot soda zavodi»ni xususiylashtirish boshlanyapti
Foto: Kruz.uz

«Qo‘ng‘irot soda zavodi» MChJ ustav kapitalining 51 foiz miqdoridagi ulushi sotilmoqda. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar qildi.

Qayd etilishicha, salohiyatli investorlarning eng yaxshi takliflarini tanlash yo‘li bilan sotish tartibi quyidagi mexanizmni nazarda tutadi:

1 - bosqich:

Kelishilgan uzun ro‘yxatdagi potensial investorlarga tizerni (obekt haqida qisqa axborot ma'lumotnoma) tarqatish (tadbir amalga oshirilmoqda).

2 - bosqich:

Qiziqish bildirgan salohiyatli investorlar bilan maxfiylik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash. Qisqa ro‘yxatni belgilash, maxfiylik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash yakuni bo‘yicha investorlarga axborot memorandumi va tartib xatini taqdim etish. Investorlar tomonidan Majburiy bo‘lmagan takliflar taqdim etilishi (tadbir amalga oshirilmoqda).

Investorlar tomonidan taqdim etilgan Majburiy bo‘lmagan takliflarni tahlil qilish, kelishish va eng jozibadorini tanlash. Majburiy bo‘lmagan takliflar tahlili natijasi bo‘yicha tanlangan salohiyatli investorlarga foydalanish huquqini bergan xolda Virtual ma'lumotlar xonasini tayyorlash va ochish.

Sotilayotgan obektni salohiyatli investorlar tomonidan kompleks tekshiruvidan o‘tkazish. Investitsion maslahatchi tomonidan kompleks tekshiruvni muvofiqlashtirish. O‘tkazilgan kompleks tekshiruvlar natijalari bo‘yicha investorlar tomonidan Majburiy takliflarni taqdim etish.

Investorlarning eng yaxshi Majburiy taklifini tahlil qilish va tanlash. Investorlar bilan keyingi muzokaralarni olib borish. Tanlangan eng yaxshi taklifni Davlat mulkini sotishda tender savdolari o‘tkazish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqish va tasdiqlash. Yuridik hujjatlarni tayyorlash (Oldi-sotdi shartnomasi va boshqa zarur bo‘lgan kelishuvlar).

Tanlangan investor bilan yuridik hujjatlarni kelishish. Yuridik hujjatlarni imzolash va bitimni yopish.

Sotish shartlari:

korxonaning asosiy faoliyat turini saqlab qolish;

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 03.04.2019 yildagi
PQ-4265-sonli qaroriga muvofiq kalsiynatsiyalangan soda ishlab chiqarishni yiliga 200 ming tonnadan 450 ming tonnagacha kengaytirish va boshqa (yangi) turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish (investitsion majburiyatlarini bajarish muddatlari 2019-2024 yy.);

- yangi ish o‘rinlarini yaratish shaklidagi ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish.

Shu bilan birga, xaridorlarni aniqlashda eng katta sotib olish to‘lovlarini hamda investitsion va ijtimoiy majburiyatlarini taklif etgan investorga afzallik beriladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top