20:49 / 01.11.2019
0
8594

Samarqandda o‘smir yigitni kaltaklagan qarindoshlari ma'muriy qamoq jazosi olishdi

Samarqandda qarindoshlari tomonidan kaltaklangan o‘smir yigit aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda katta munozara keltirib chiqargani va o‘smirni kaltaklagan qarindoshlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

«Ma'lum bo‘lishicha, 2001 yilda tug‘ilgan U.H. muntazam ravishda onasi G.Istamova bilan nosamimiy munosabatda bo‘lib, gaplariga quloq solmasdan, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste'mol qilishga ruju qo‘ygani sababli onasi uni tarbiyalash maqsadida qarindoshi, 1988 yilda tug‘ilgan H.Istamov bilan gaplashib, undan tarbiyaviy ishlar olib borishni so‘ragan.

2019 yil avgust oyi o‘rtalarida H.I. qarindoshi U.H.ni Spitamen shohko‘chasida joylashgan temirchilik ustaxonasiga olib borib, ukasi, 1997 yilda tug‘ilgan, I.I. bilan birgalikda velosiped g‘ildiragi charmi va arqon bo‘lagi bilan urib do‘pposlagan.

Mazkur holat tergovga qadar tekshirish Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 5-sonli IIB profilaktika inspektori Aziz Mirahmedov tomonidan olib borilgan», deb xabar beradi Kun.uz’ga Samarqand viloyat IIB matbuot xizmati.

2019 yil 31 oktabr kuni ma'muriy ishlar bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan mazkur holat ko‘rib chiqilib, H.I. va I.I. O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 183-, 194- va 195-moddalarida ko‘rsatilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, I.I.ga 11 sutka, H.I.ga 12 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top