18:56 / 02.11.2019
0
4416

«Hududiy elektr tarmoqlari»: korxonaning viloyatlardagi bo‘linmalari matbuot kotiblari malakasi oshirilmoqda

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tashabbusi bilan «Taraqqiyot strategiyasi» markazi bilan hamkorlikda tizim tarkibidagi barcha viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining matbuot kotiblari uchun «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritishda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari matbuot kotiblari rolini oshirish” mavzusida ikki kunlik seminar-trening tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 27 iyundagi «Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta'minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida jamiyat tomonidan barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalarida alohida matbuot kotibi shtat birligi ochilib, unga  malakali mutaxassislar jalb etilganini ta'kidlab o‘tish kerak.

Bugungi o‘quv seminarda lavozimga tayinlangan matbuot kotiblarining tashkilotchilik qobiliyati, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar, tashkilotning rasmiy veb-sayti va boshqa axborot resurslari orqali axborot tarqatishning zamonaviy usullari malakali mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirildi. Shu bilan birga, matbuot anjumanlari, brifinglar, media-turlar tashkil etish yo‘li bilan aholiga muntazam, to‘liq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish to‘g‘risida zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, seminar davomida muntazam ravishda ommaviy axborot vositalarida jamiyat tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlardan jamoatchilikni xabardor qilib borish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish vositalari amaliy mashg‘ulotlar orqali tushuntirildi.

O‘quv-seminarning ikkinchi kunida bosma ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar hamda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari faoliyatiga aloqador matnli, foto va videomateriallardan foydalanish kabi yo‘nalishlarda mashg‘ulotlar olib boriladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top