23:42 / 02.11.2019
0
6530

Pokiston muxolifati yetakchisi mamlakat bosh vazirini ag‘darish bilan tahdid qildi 

1 noyabr kuni Fazl-ur-Rahmon mamlakat bosh vaziridan 48 soat ichida iste'foga chiqishni talab qildi.

Pokiston bosh vaziri Imron Xon

"Bosh vazirning iste'foga chiqish uchun 48 soat vaqti bor. Aks holda boshqa strategiyani tanlashga majbur bo‘lamiz", dedi Rahmon.

Pokistondagi "Jamoat ulamoi Islomi" (JUI) diniy partiyasi yetakchisi Fazl-ur-Rahmon Pokiston bosh vaziri Imron Xonni ag‘darish va mamlakatni boshqarish niyatida ekanligini aytdi.  

"Hozirgi hukumatning davri tugadi. Pokistonni biz boshqaradigan vaqt keldi. Amaldagi hukumat chekinishi lozim, sabrimizni sinamang. Biz hukmron rejimdan qutulmagunimizga qadar norozilik bildiramiz. Hozirgi hukumat bir yil ichida Pokistonning 70 yil davomidagi barcha hukumatlari birgalikda olgan pullaridan ham ko‘proq pul oldi", dedi u "Qutulish marshi" deb nomlangan norozilik aksiyasida.

1 noyabr kuni Fazl-ur-Rahmon mamlakat bosh vaziridan 48 soat ichida iste'foga chiqishni talab qildi.

"Bosh vazirning iste'foga chiqish uchun 48 soat vaqti bor. Aks holda boshqa strategiyani tanlashga majbur bo‘lamiz", dedi Rahmon.

27 oktyabrda "Jamoat ulamoi Islomi" partiyasi tarafdorlari boshqa yirik muxolifat birlashmalari bilan birgalikda Pokistonning turli shaharlaridan Islomobod tomon yo‘l olishdi. Ular 1 noyabr kuni Islomobodga yetib kelishdi. Tashkilotchilar bosh vazir Imron Xonning iste'fosini talab qilib muddatsiz ish tashlash o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top