14:04 / 02.11.2019
0
14462
Ronalduning onasi: «Mafiya o‘g‘limga «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishiga to‘sqinlik qilmoqda»
Foto: Getty Images

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning onasi Mariya Doloresh futbol mafiyasi o‘g‘liga «Oltin to‘p»larni ko‘proq qo‘lga kiritishiga imkon bermayotganini aytdi.

«Agar futbol mafiyasi bo‘lmaganda, o‘g‘lim «Oltin to‘p»larni ko‘proq qo‘lga kiritardi. Agar ingliz yoki ispaniyalik bo‘lganida, ular to‘sqinlik qilisholmasdi. Ammo portugaliyalik bo‘lgani uchun shunday qilishmoqda. Bu yil «Oltin to‘p»ni oladimi yoki yo‘qmi bilmayman, ammo bundan umidvorman», - deb Mariya Doloresh so‘zlarini keltirmoqda AS.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Ronaldu France Football nashri tomonidan 2019 yilgi «Oltin to‘p» uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilgan. G‘olib nomi 2 dekabr kuni Parijda e'lon qilinadi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top