19:20 / 04.11.2019
0
20028

Afsonaviy Fuji manzaralari. Sayyoraning eng go‘zal vulqon tog‘laridan biri Kun.uz nigohida

Yaponiyaning eng baland nuqtasi – Fuji (Fudziyama) tog‘i mamlakat madaniy va diniy hayotida alohida o‘ringa ega. Tog‘ning Kengamine deb ataluvchi cho‘qqisi kunchiqar yurt ramzi sifatida ham tilga olinadi.

3776 metrlik vulqon tog‘i yaxshi ob-havo sharoitida 100 kilometr uzoqlikdagi Tokio shahridan ham ko‘rinib turadi.

Tog‘lar va uning atrofidagi go‘zal tabiiy landshaft turistik obekt sanalishi bilan birga, buddizm va sintoizm dinlari uchun muqaddas qadamjo hamdir. Tog‘ cho‘qqisida sintoizm ibodatxonasi, meteostansiya va pochta bo‘linmasi joylashgan.

Fuji atrofi milliy bog‘ga aylantirilgan bo‘lib, hududda 33ta madaniy va tarixiy yodgorliklar mavjud. Tog‘ning o‘zi YuNeSKOning butunjahon tabiiy merosi ro‘yxatiga kiritilgan.

Sayyoradagi eng go‘zal vulqon tog‘laridan biri sanaluvchi, deyarli ideal konus shaklidagi Fudziyamada oxirgi marta bundan 300 yilcha oldin vulqon otilgan. Olimlar vulqon yaqin vaqt ichida uyg‘onmasligini ishonch bilan ta'kidlashadi.

Fujiga har yili taxminan 200 ming nafar sayyoh keladi, ulardan 30 foizi – xorijliklardir. Shu jumladan, xizmat safari bilan Yaponiyada bo‘lib qaytgan Kun.uz muxbiri ham yapon xalqi uchun o‘zgacha qadrli makonda guvohi bo‘lgan manzaralari tasvirini o‘quvchilar bilan o‘rtoqlashmoqda.

Deyarli ideal konus shaklidagi tog‘ cho‘qqisi yilning 10 oyi davomida qor bilan qoplangan bo‘ladi. 

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top