11:47 / 04.11.2019
0
5161
Oyoq kiyimga yashirilgan zargarlik buyumlari fosh etildi

Zargarlik buyumlarini mamlakatga yashirin yo‘llar bilan olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxonachilar tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati bojxona boshqarmasining “Jartepa” chegara bojxona posti orqali mamlakatga kirib kelgan fuqaro B.M.ning xatti-harakatlari bojxonachilar e'tiborini tortdi va ushbu shaxs belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Uning kirdikorini zamonaviy qurilmalar qisqa fursatda fosh etdi. Gap shundaki, ushbu shaxs oyoq kiyimining tovon qismi ichiga umumiy qiymati 13,7 million so‘mlik 93 gramm tilladan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.           

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top