01:48 / 04.11.2019
0
33428
Sayyoradagi eng o‘lik joy ma'lum qilindi 
Foto: Creative Commons

Yerdagi eng o‘lik joy Efiopiyadagi Dallol vodiysi hisoblanar ekan. Parij-Syud universiteti olimlarining aniqlashicha, u yerda biror-bir bakteriya mavjud emas. Bu haqda Nature Ecology & Evolution nashri xabar berdi. 

“Sayyoramiz sirtida suvning borligi unda hayot borligining mezoni sifatida keltiriladi. Biroq tadqiqotimiz Yerda suv bo‘lganda ham mutlaq o‘lik joylar borligini isbotlaydi”, deb ta'kidlab o‘tishgan olimlar.

Ularning fikricha, gap shundaki, ushbu hududdagi suv o‘zidan juda issiq (109 darajagacha), o‘ta nordon (pH~0) va magniy ko‘p miqdorda bo‘lgan tuzli aralashmani aks ettiradi. Bunday tarkibdagi suv tirik hujayralarni yemirilishga majbur qiladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top