16:03 / 05.11.2019
1
48294

10dan ortiq avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi

Foto: O‘zneftegazinspeksiya

Joriy yilning sentabr oyida «O‘zneftgazinspeksiya» tomonidan respublikada joylashgan 60 ta AGTKShda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar natijasida bir qator qo‘pol qoidabuzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, 220 kg/sm2 bosim ostida avtomobillarni gaz bilan to‘ldirilishi, nazorat posti bilan ta'minlanmaganligi, gaz ballonlarga tegishli hujjatlarning ko‘zdan kechirilmasligi va insonga xavf keltiradigan bir qator boshqa qoidabuzarliklar qayd etildi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidabuzarliklar aniqlanganligi sababli, nazorat tadbirlari o‘tkazilgan 60ta AGTKShdan 13tasining ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.

«O‘zneftegazinspeksiya» axborot xizmatining yozishicha, bugungi kunda benzining sotilayotgan narxi oshib borishi sababli, avtomobillarni muqobil yonilg‘i turiga o‘tqazish, ya'ni siqilgan tabiiy gaz (metan)ga qayta moslashtirilayotgan avtotransportlarning soni keskin o‘sib borilishi kuzatilmoqda.

Qayd etilishicha, metanga bo‘lgan talabning keskin o‘sishi bilan avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)da avtotransportga yonilg‘i quyish jarayonida inson hayotiga xavf tug‘dirmaslik uchun barcha texnik qoidalar, yo‘riqnomalar va ko‘rsatmalarga rioya qilishi majburdir.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top