07:43 / 05.11.2019
0
3561
Bojxonachilar 1,2 mlrd so‘mlik gazlamalarning hujjatlarda soxtalashtirilganligini fosh qilishdi

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlashga uringan shaxclar fosh etildi.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

“Sayxun” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida “A.S.R.” MChJ tomonidan xorijdan keltirilgan 2 turdagi 30 tonna (yoki 42.7 ming metr uzunlikdagi) matolarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida ularning Tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasidagi kodlari o‘zgartirilganligi aniqlandi.

Aslida tukli matolar hisoblangan mazkur gazlamalar hujjatlarda rangli iplardan tayyorlangan trikotajmatolar sifatida tasniflangan. Bu esa tabiiyki bojxona to‘lovlarining to‘g‘ri va to‘liq hisoblanishiga to‘sqinlik qiladi.

Ushbu tovarlar vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, dastlabki, hisob kitoblarga ularning umumiy qiymati jami 1,2 mlrd. so‘mdan oshadi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan qo‘mita tomonidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top