21:26 / 05.11.2019
0
4000
«Chirchiq» poligonida O‘zbekiston va Hindiston harbiylarining birinchi qo‘shma mashg‘ulotlari boshlandi

4 noyabrda O‘zbekiston mudofaa vazirligining «Chirchiq» poligonida O‘zbekiston va Hindiston umumqo‘shin bo‘linmalarining hamkorlikdagi ilk «Do‘stlik-2019» taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.

Mashg‘ulotlarni O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va Hindiston mudofaa vaziri Rajnat Singx ochib berishgan.

Ushbu mashg‘ulotlar ikki davlat o‘rtasidagi harbiy hamkorlik aloqalarining yanada mustahkamlanishiga xizmat qilib, harbiy xizmatchilar uchun tajriba almashish imkoniyatini berishi bilan ahamiyatlidir.

«Chirchiq» poligonida mehmonlar o‘zbekona urf-odatlarga xos ravishda tantanali tarzda kutib olinib, so‘ngra dala-o‘quv maydoni infratuzilmasi, bu yerda bo‘linmalar uchun yaratilgan sharoitlar, shaxsiy tarkib uchun tashkil etilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishtirilganlar.

Mashg‘ulotlar 13 noyabrgacha davom etadi. Unda mudofaa vazirligining harbiy-havo kuchlari bo‘linmalari va zirhli texnikasi ishtirok etadi. 

Sentabr-oktyabrda hindistonlik harbiylar O‘zbekiston harbiylari uchun tog‘li hududda terrorchilik guruhlarini yo‘q qilish va minasizlashtirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazishgan. Mashg‘ulotlar Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida bo‘lib o‘tgan. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top