07:57 / 05.11.2019
0
35406
Putin 11 generalni lavozimidan bo‘shatdi
Foto: REUTERS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z farmoni bilan Rossiya tergov qo‘mitasi, favqulodda vaziyatlar va ichki ishlar vazirliklarining 11 generalini o‘z lavozimidan bo‘shatdi.

Farmonga ko‘ra, bo‘shatilgan generallar orasida Rossiya ichki ishlar vazirligining jamoat tartibini saqlashni ta'minlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, hozirda 100 mln rubllik firibgarlik ayblovi bilan tergov izolyatorida saqlanayotgan general-mayor Aleksandr Melnikov ham bor.

Putin hammasi bo‘lib favqulodda vaziyatlar vazirligining 6 nafar, ichki ishlar vazirligining 4 nafar va tergov qo‘mitasining bir generalini o‘z lavozimidan bo‘shatgan.  

Shuningdek, Putin bir qator yuqori lavozimlarga yangi tayinlovlarni amalga oshirgan. 

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti boshqa farmoni bilan ichki ishlar vazirligining 16 xodimiga general-mayor va general-leytenant unvonlarini bergan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top