08:29 / 06.11.2019
0
6062

Bank xizmatlari ofislari qanday xizmatlarni ko‘rsatishi mumkinligi belgilandi

Ularni tashkil etish va hisobga qo‘yish tartibi MB Boshqaruvi qarori bilan tasdiqlangan.
 
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning barcha hududlarda "bank xizmatlari ofislari"ning keng tarmog‘ini yaratish bo‘yicha topshirig‘i 24.10.2019 yildagi PQ-4498-son qarorda mavjud.
 
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan ofislar quyidagi xizmatlarni ko‘rsatishi mumkinligi belgilandi:

• depozit hisobvaraqlar ochish, omonatlar qabul qilish;
• to‘lovlarni va xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirish;
• valuta ayirboshlash;
• iste'mol krediti va mikroqarz berish;
• xizmat ko‘rsatish hududidagi talabdan kelib chiqib boshqa qo‘shimcha xizmatlar.
 
Ofislar Markaziy bankda hisobga qo‘yiladi. Buning uchun bank ofisni tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 10 kun ichida MBga yozma xabarnoma yuboradi. Unga qaror nusxasi va bank xizmatlari ofisi to‘g‘risidagi nizom ilova qilinadi.
 
Bankning ofisni yopish to‘g‘risidagi qarori ham MB e'tiboriga yetkaziladi. Yozma xabarnoma tugatish sabablari va muddatlari ko‘rsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida yuboriladi. Ofis yopilishidan kamida 15 kun oldin bu haqdagi axborot bankning veb-saytida yoki boshqa OAVda joylashtiriladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top