MDH davlatlari chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashi tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlashda KXShTni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda kengash koordinatsion xizmati raisi general-polkovnik Aleksandr Manilov ma'lum qildi.
"KXShT bilan hamkorlikda tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash ishlari ko‘mak berishga tayyormiz. Hozirda KXShT yo‘nalishida ma'lumotlar tarqatildi. Biz har qanday yordam ko‘rsatishga tayyormiz", - dedi Manilov.
KXShT kollektiv xavfsizlik kengashi 2013 yil sentyabrda tojik-afg‘on chegarasini mustahkamlash bo‘yicha Tojikistonga yordam berish to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, 6 noyabr kuni 20 kishidan iborat bo‘lgan qurollangan guruh Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan chegara zastavasiga hujum qildi. To‘qnashuvda qurolli jinoiy guruhning 15 nafar a'zosi yo‘q qilindi, besh nafari qo‘lga olindi. Otishma oqibatida chegara qo‘shinlari askari va bir militsioner halok bo‘lgan.