13:00 / 06.11.2019
21744
Reklama

«Orient Logistics Center» - Toshkent markazida joylashgan zamonaviy transport-logistika markazi

Foto: Orient Logistics Center

«OLC» TLM «O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJ va SIA «SV Gulbis» o‘rtasidagi qo‘shma loyiha bo‘lib, konteyner terminali, gabaritsiz yuklarni ishlash maydoni, yuk mashinalari uchun turish joyi hamda A va V klassdagi ombor hududlarini o‘z ichiga oladi.

Majmua hududida bojxona rasmiylashtiruvi hamda yuklarni nazoratdan o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatadigan bojxona posti mavjud. Majmuaning ofis binosida «Yagona darcha» tizimida xizmat ko‘rsatadigan transport-logistika kompaniyalari, broker, ekspertiza, sertifikatsiya va temir-yo‘l organlari vakillari bor.

Loyihaning birinchi bosqichi doirasida yangi konteyner terminalining qurilishi yakunlandi. Maydon joriy yilning oktabr oyida to‘laqonli ishga tushirildi.

Loyihaning ikkinchi bosqichini 2020 yilda yakunlash rejalashtirilmoqda. Mazkur bosqich davomida konteyner terminalini 35 ming kV. metrgacha kengaytirish, qo‘shimcha ombor bloklari hamda avtomobilchilar va majmuaga tashrif buyuruvchilar uchun sharoitlar yaratish maqsadida tashqi va ichki infratuzilmali obektlarni qurish rejalashtirilmoqda.

TLMning asosiy xizmatlari:

• temir-yo‘l vagonlari va konteynerlarini ishlash;

• uzun yuklarni ishlash;

• maxsus texnikalarni ishlash;

• yuk ortish va yuk tushirish operatsiyalari;

• yuklarni bojxona omborida saqlash;

• yuklarni ochiq maydonda saqlash.

Yuqorida aytib o‘tilganlarni samarali amalga oshirish uchun kompaniya SOLVO TOS dasturiy ta'minotini joriy qilmoqda, buning yordamida onlayn ravishda texnologik jarayonlarni nazorat qilish va xarajatlarni qisqartirish mumkin.

Nima uchun «OrientLogisticsCenter» transport-logistika markazini tanlash kerak?

• Yuklarni xavfsiz saqlash;

• Samarali tovar aylanmasi;

• Malakali mutaxassislar va zamonaviy uskunalar;

• Qulay joylashuv;

• Xizmatlarni bajarishdagi tezkorlik;

• Bojxona postining mavjudligi.

Mazkur loyiha 350dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi.

Yangi «Orient Logistics Center» transport-logistika markazi  O‘zbekistonning tranzit salohiyatini oshiradi va transport-logistika tizimini yaxshilaydi.

Batafsil ma'lumotni +99878 148 71 71, +99878 148 77 88 telefon raqamlari yoki www.olc.uzsaytidan olishingiz mumkin.

Manzil: Toshkent, Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, 13/11.

Instagram: instagram.com/olc.uz

Facebook: fb.com/Orient-Logistics-Center-630919300759908

Reklama huquqlari asosida

Top