22:16 / 06.11.2019
0
36816

Qirg‘iziston Tojikistondagi hujum yuzasidan xavotir bildirdi 

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov Tojikistondagi chegara postiga jangarilar tomonidan hujum qilingani yuzasidan xavotir bildirdi. U bu haqda tojikistonlik hamkasbi Sirojiddin Muhriddin bilan telefon orqali suhbatda aytib o‘tdi.

Chingiz Aydarbekov

Aydarbekov suhbat davomida Qirg‘iziston bunday xatti-harakatlarni qoralashini va mintaqa davlatlarining mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda birgalikdagi sa'y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.

Shuningdek, vazir hujum oqibatida halok bo‘lgan tojik harbiylari oilalariga hamdardlik bildirgan. 

6 noyabrga o‘tar kechasi soat 03:23da 20 kishidan iborat qurollagan guruh Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida joylashgan “Ishkobod” chegara zastavasiga hujum qildi. Tojikiston qurolli tuzilmalari o‘tkazgan amaliyot natijasida 15 jangari yo‘q qilingan, 5 nafari qo‘lga olingan. Amaliyot vaqtida Tojikiston chegara qo‘shinlari harbiysi va ichki ishlar vazirligining xodimi halok bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, hujumni sodir etgan jinoyatchilar IShID jangarilari bo‘lgan.  

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top