12:44 / 06.11.2019
2
35711
Toshkent shahar IIBB haydovchilarga harakatlanish tezligi bo‘yicha eslatma bilan chiqdi
Foto: KUN.UZ

Haydovchi harakatning serqatnovligini, transport vositasi va yukning xususiyati hamda holatini, yo‘l va ob-havo sharoitini, shuningdek harakatlanish yo‘nalishidagi ko‘rinishni hisobga olgan holda transport vositasi tezligini belgilangandan oshirmasdan boshqarishi kerak.

Toshkent shahar IIBBning yozishicha, tezlik haydovchiga ushbu Qoidalar talablarini bajarish uchun transport vositasining harakatini doimiy nazorat qilib borish imkoniyatini berishi kerak.

Harakatlanish vaqtida haydovchi aniqlay olishi imkoniyatidagi xavf yuzaga kelsa, u transport vositasining tezligini u to‘la to‘xtashni ta'minlaydigan darajada kamaytirishi yoki to‘siqni boshqa harakat qatnashchilari uchun xavf tug‘dirmagan holda aylanib o‘tish choralarini ko‘rishi kerak.

 Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 30 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari DYHXX bilan kelishilgan holda, yo‘l sharoitlari yuqori va kichik tezlikda xavfsiz harakatlanishni ta'minlaydigan hollarda yo‘llarning ayrim qismlari yoki harakatlanish bo‘laklarida ayrim transport vositalariga harakatlanish tezligini oshirishga va pasaytirishga (tegishli yo‘l belgilarini o‘rnatib) vakolatlidir.

 Aholi punktlaridan tashqarida:

• yengil avtomobillarga va ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 100 kilometrdan oshirmasdan;

• shaharlararo qatnaydigan avtobuslarga va mikroavtobuslarga tezlikni soatiga 90 kilometrdan oshirmasdan;

• boshqa avtobuslar, tirkamali yengil avtomobillar, mototsikllar, ruxsat etilgan to‘la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 80 kilometrdan oshirmasdan;

• tirkamali yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 70 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

 Har qanday yo‘llarda:

• yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

• bolalar guruhini tashkiliy tashiyotgan transport vositalariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan;

• mexanik transport vositalarini shatakka olgan transport vositalariga tezlikni soatiga 50 kilometrdan oshirmasdan;

• xavfli, og‘ir vaznli va katta o‘lchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

 Haydovchilarga quyidagilar taqiqlanadi:

• tezlikni mazkur transport vositasining texnik tavsifnomasida ko‘rsatilgan eng yuqori tezlikdan oshirish;

• tezlikni transport vositasiga o‘rnatilgan «Tezlik cheklangan» taniqlik belgisida ko‘rsatilganidan oshirish;

• zaruriyat bo‘lmaganda juda past tezlikda harakatlanib, boshqa transport vositalariga xalaqit berish;

• yo‘l-transport hodisasining oldini olish zaruriyati bo‘lmaganda keskin tormoz berish.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top