22:07 / 07.11.2019
0
4289
AQSh va Xitoy sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilishga kelishib oldi

Xitoy savdo vazirligi Xitoy va AQSh o‘rtasida o‘zaro joriy qilingan sanksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilishga kelishib olingani, bu esa ikki davlatga savdo urushini tugatishga imkon berishini ma'lum qildi. “Savdo urushi qo‘shimcha bojlar kiritish bilan boshlandi va ularning bekor qilinishi bilan tugashi kerak”, deb aytgan Xitoy savdo vazirligi vakili Gao Fen.

Uning ta'kidlashicha, ikki tomon bojlarni bir vaqtda bekor qiladi, qo‘shimcha soliq solinishidan ozod qilinadigan tovarlar hajmi o‘zaro proporsional bo‘lishi lozim. Biroq Xitoy vakili tomonlar bojlarni qachon olishni boshlashi va qanday hajmdagi mahsulotlardan olishiga aniqlik kiritmagan. 

Ushbu xabar ortida ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar bozorlarida o‘sish kuzatilmoqda. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top