14:23 / 07.11.2019
0
16537
Azizov: Afg‘onistondagi beqarorlik yirik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda
Foto: KUN.UZ

Afg‘onistondagi beqaror vaziyat yirik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda. Bu haqda payshanba kuni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov aytib o‘tdi, deb xabar berdi Kun.uz muxbiri.

«Afg‘onistondagi beqarorlik giyohvand moddalar kontrabandasi va transchegaraviy jinoyatchilikning o‘sishiga olib kelmoqda, yirik mintaqaviy iqtisodiy, energetik va transport loyihalarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda», - dedi DXX rahbari Toshkentda bo‘lib o‘tgan MDHning xavfsizlik va maxsus xizmat organlari rahbarlari kengashi yig‘ilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Afg‘onistondagi tashqi kuchlar manfaatlarining to‘qnashuvi, qurolli muxolifat va terroristik tashkilotlar faolligining kuchayishi» afg‘onlararo muloqotni o‘rnatish jarayoniga salbiy ta'sir ko‘rsatishda davom etmoqda.

Shu bilan birga, Abdusalom Azizov Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha sa'y-harakatlar MDH va Markaziy Osiyo makonida xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasida muhim yo‘nalish bo‘lib qolishini ta'kidladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top