12:00 / 07.11.2019
0
31528
Bosh prokuratura jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov vafoti yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov vafoti yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

«2019 yil 6 noyabr kuni soat 23:55larda fuqaro S.U. o‘zi ishlab kelayotgan korxonasiga tegishli bo‘lgan «Gazel» rusumli avtomashinani «Urganch-Xiva» yo‘lining 4-kilometrida boshqarib borayotganida, yo‘lni kesib o‘tayotgan «Jamiyat» gazetasi muxbiri Davlatnazar Ro‘zmetovni urib yuborgan. 

Natijasida D.Ro‘zmetov bosh qismidan jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Urganch tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi bayonotda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top