10:30 / 07.11.2019
2
69752
Jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov avtohalokatda vafot etdi

Xorazmlik jurnalist Davlatnazar Ro‘zmetov avtohalokat natijasida fojiaviy tarzda vafot etdi. Marhumning yaqinlari bu ma'lumotni Kun.uz muxbiriga tasdiqlashdi.

6 noyabr kuni kechqurun Ro‘zmetovni Urganch tumanida mashina urib yuborgan. Olingan jarohatlar natijasida uning joni uzilgan.

Ayni paytda voqea yuzasidan surishtiruv va ekspertiza ishlari o‘tkazilmoqda.

Davlatnazar Ro‘zmetov 1971 yil 24 aprel kuni tug‘ilgan, so‘nggi paytlarda «Jamiyat» ijtimoiy-siyosiy gazetasida muxbir bo‘lib ishlayotgan edi.

2018 yil 29 oktabr kuni «Xorazm yoshlari» gazetasi muharriri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan paytida hibsga olinib, Qo‘shko‘pir tumani ma'muriy sudi tomonidan 7 sutkalik qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top