23:38 / 07.11.2019
0
15016

Mahmud Murodovning UFC’dagi navbatdagi raqibi ma'lum bo‘ldi

Joriy sentyabrda UFC’dagi ilk jangini o‘tkazgan o‘zbek jangchisi Mahmud Murodovning ikkinchi raqibi kim bo‘lishi ma'lum bo‘ldi.

Murodov UFC’dagi ikkinchi jangini ligada 2013 yildan beri ishtirok etuvchi amerikalik Trevor Smitga qarshi o‘tkazadi. O‘zbek jangchisi tegishli shartnomani 6 noyabrda imzoladi. Jangning o‘zi esa 8 dekabrda Vashingtondagi musobaqa doirasida bo‘lib o‘tadi. 

Murodov amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezer jamoasi a'zosi hisoblanadi. U o‘z vaqtida Yevropaning Oktagon va XFN ligalarida ishtirok etgan. Mahmudning UFC’dagi debyuti sentyabrda Kopengagendagi musobaqada bo‘lib o‘tgandi. U o‘shanda italiyalik raqibi Alessio Di Kiriko ustidan hakamlarning bir ovozlik qarori bilan g‘alaba qozongandi.

29 yoshli sportchimizning navbatdagi raqibiga kelsak, 38 yoshli amerikalik UFC’da 11 ta jang o‘tkazib, ulardan 5 tasida g‘alaba qozongan, 6 tasida, jumladan oxirgi ikki jangida mag‘lub bo‘lgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top