12:37 / 07.11.2019
0
7497

Poytaxtda «Do‘stlik» shohbekati qayta ishga tushdi

Foto: Toshshahartransxizmat

Toshkent shahridagi «Do‘stlik metrosi» avtoshohbekati faoliyati qayta tiklandi.

«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, hozirda avtoshohbekatda so‘nggi jihozlash ishlari amalga oshirilib, yakuniga yetkazilmoqda. Mazkur shohbekat orqali 15, 22, 49, 54-sonli yo‘nalish avtobuslari harakatlanadi.

Shu bilan birga, mazkur shohbekatda 10, 28, 72, 148-sonli avtobus yo‘nalishlari ham yo‘nalish nozimlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top